100-modda. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(100-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 37-moddasining
ikkinchi qismi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-
dekabrdagi 39-sonli “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini ta’minlovchi qonunlarni
sudlar tomonidan qo‘llanishi haqida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil
24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining
24-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 5-maydagi 13-sonli “Bir
necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar to‘g‘risida”gi qarori 9-
bandining
ikkinchi xatboshisi
.
101-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari
chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan
chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish —
Oldingi
tahrirga qarang.
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(101-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
08/02/23, 15:24
Стр. 53 из 228
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 39-moddasining
ikkinchi
va
uchinchi qismlari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil
24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarorining
24-bandi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |