O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining qabul qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. 1991-yil 15-fevralda
Download 131.03 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1991-yil 18-noyabrda
- Birinchi davr
- Uchinchi davr
O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. 1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi. Qarorda shunday deyiladi: «Mustaqillik to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga amal qilib O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyihasini tayyorlovchi komissiyaga O‘zbekiston SSRning Davlat bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to‘g‘risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika jamoatchiligi va deputatlarning fikrlariga tayanib ish ko‘rsin».
O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. „O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida“gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o‘zligini ham aks ettiradi. Bayroqdagi moviy rang – mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviyrang Sharqda azaldan qadrlanadi, o‘z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‘z bayrog‘iga bu rangni tanlagan. Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‘z yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak. Bayrog‘imizdagi oq rang yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. Qizil yo‘llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir. Yashil rang – serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashilrangdir. Yarim oy – O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an’analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar – musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi. Davlat bayrog‘i – bizning o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir. Mustaqil yurtimiz davlat ramzlarini ishlab chiqish jarayonlari istiqlolga erishishdan ancha oldin boshlangan. Shu nuqtai nazardan, mazkur jarayonni O‘zbekiston Respublikasi birinchi Konstitutsiyasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda, quyidagi uch davrga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq. Birinchi davr – O‘zbekiston sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan vaqtda davlat suvereniteti ramzlarining tiklanishi va ular shakllarini ishlab chiqish jarayonidan boshlanadi. Ikkinchi davr – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingan 1991 yil 31 avgust sanasidan boshlanib, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, ya’ni 1992 yil 8 dekabrgacha davom etadi. Uchinchi davr – O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilingan kundan boshlanadi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasining ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishi jarayoni ikki yarim yildan ko‘proq muddatni va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan to‘rtta bosqichni o‘z ichiga oladi. Download 131.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling