O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSULLIK USTAVINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 8-
noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda
ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi tasdiqlansin (
ilova
 qilinadi).
2-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 261-I-sonli 
Qonuni
(O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 124-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasining Konsullik ustavini amalga kiritish haqida”gi 262-I-sonli 
Qarori
(O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 125-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 729-I-
sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-
modda) 
XIV bo‘limi
;
4) O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Adliya organlari va
muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim
qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-255-sonli Qonunining
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 335-modda) 
5-
moddasi
;
5) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-
411-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2016-yil, №
9, 276-modda) 
8-moddasi
.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida
tushuntirilishini ta’minlasin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini
qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling