O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. Konsullikning fuqarolarga va yuridik shaxslarga taalluqli funksiyalari


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida

15-modda. Konsullikning fuqarolarga va yuridik shaxslarga taalluqli funksiyalari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga
O‘zbekiston Respublikasi hamda konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro
shartnomalarda, xalqaro urf-odatlarda, shuningdek konsullik muassasasi joylashgan davlatning
qonunchiligida berilgan barcha huquqlardan foydalanishi uchun, agar bunday huquqlar
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmasa, choralar ko‘rishi shart.
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda
tutilgan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki, yozma yoxud elektron shakldagi
murojaatlarini qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi.
(15-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining
buzilgan huquqlarini tiklash uchun choralar ko‘rishi shart.
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari,
idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining konsullik okrugi doirasida turgan vakillariga
xizmat majburiyatlarini bajarishida ko‘maklashadi.
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugida vaqtincha turgan O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolarini konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunlari va boshqa normativ


hujjatlari to‘g‘risida, shuningdek mahalliy urf-odatlar to‘g‘risida xabardor qiladi.
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugida turgan O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolariga madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishda ko‘maklashadi.
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik muassasasi joylashgan davlatning muassasalarida,
agar ushbu davlatda fuqaro yoki yuridik shaxsning vakili mavjud bo‘lmasa va u ish yuritishni o‘zga
shaxsga topshirmagan bo‘lsa yoxud boshqa sabablarga ko‘ra o‘zining qonuniy manfaatlarini
himoya qilishga qodir bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari
nomidan ishonchnomasiz vakillik qilish huquqiga egadir. Ushbu vakillik O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari yoki yuridik shaxslari o‘z vakillarini tayinlaguniga qadar yoxud o‘z huquq va manfaatlarini
himoya qilishni o‘z zimmasiga olguniga qadar davom etadi.

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling