O‘zbekiston respublikasining konsullik ustavini tasdiqlash to‘G‘risida


-modda. Konsullik munosabatlarini o‘rnatish


Download 189.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana17.06.2023
Hajmi189.81 Kb.
#1519993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
O‘RQ-517-сон 17.01.2019. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida

3-modda. Konsullik munosabatlarini o‘rnatish
O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan konsullik munosabatlarini o‘rnatish
o‘zaro kelishuvga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni o‘rnatishga doir kelishuv, agar boshqacha
qoida shartlashilmagan bo‘lsa, konsullik munosabatlarini o‘rnatishga bo‘lgan rozilikni bildiradi.
Diplomatik munosabatlarning uzilishi konsullik munosabatlarining avtomatik uzilishini va
O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasasi faoliyatining tugatilishini anglatmaydi.
4-modda. Konsullik faoliyatini amalga oshirish
Konsullik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari (bundan buyon
matnda konsullik muassasalari deb yuritiladi), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi diplomatik
vakolatxonalarining konsullik bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida konsullik faoliyatini
amalga oshirishi mumkin.
2-bob. Konsullik muassasasi
5-modda. Konsullik muassasasining maqomi
Konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlat
hududida konsullik okrugi doirasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan konsullik funksiyalarini
bajaruvchi tashqi aloqalar bo‘yicha davlat organidir. Konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi.
Konsullik 
muassasasi 
konsullik 
muassasasi 
joylashgan 
davlatdagi 
O‘zbekiston
Respublikasining diplomatik vakolatxonasi boshlig‘iga bo‘ysunadi va uning umumiy rahbarligida
faoliyat ko‘rsatadi. Konsullik muassasasi joylashgan davlatda O‘zbekiston Respublikasining
diplomatik vakolatxonasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, konsullik muassasasi bevosita O‘zbekiston
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga bo‘ysunadi.
Konsullik muassasasi yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, o‘ziga biriktirilgan mol-mulkka,
rekvizitlarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan
muhrga (muhrlarga), tegishli shtamplar va blankalarga, shuningdek banklarda hisobvaraqlarga ega
bo‘ladi.
Konsullik xonalaridan, shu jumladan binolardan yoki binolarning qismlaridan hamda bunday
binolarga yoki ularning qismlariga xizmat qiluvchi yer uchastkasidan, ularga bo‘lgan mulk


huquqidan qat’i nazar, konsullik vazifalarining bajarilishiga muvofiq bo‘lmagan maqsadlarda
foydalanilmasligi kerak.

Download 189.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling