O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili


Download 1.3 Mb.
bet1/9
Sana29.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1400501
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahl






O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili.


1. Yalpi hududiy mahsulotni ishlab chiqarish
2016 yil yakunlari bo`yicha ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) hajmi joriy narxlarda 20 528,7 mlrd. so`mni tashkil qildi va o`tgan yilga nisbatan 7,1 foizga o`sdi. YaHM ning 2000-2016 yillarda o`rtacha yillik o`sish sur`ati 6,8 foizni tashkil qildi. (1 rasm).


1 rasm. 2000-2016 yillar uchun YaHMning o`zgarish dinamikasi
Hududda olib borilayotgan dasturlar va loyihalarning samarasi natijasi shuning bilan birga olib borilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish natijasida hudud iqtisodiyoti oxirgi yillarda yuqori va barqaror o`sish sur`atlarini namoyish qila boshladi.
Oxirgi 7 yilda (2010-2016yillar) YaHM 1,7 barobarga yaqin o`sdi.

2 rasm. So`ngi 7 yillikda (2010-2016 yillar) YaHM va tarmoqlarning yalpi qo`shilgan qiymatning o`sish sur`atlari 2009 y. = 100%
Iqtisodiy o`sishning asosiy omillari va manbalari tahlili shuni ko`rsatadiki, oxirgi 7 yil davomida iqtisodiyotning yuqori o`sish sur`atlari qishloq xo`jaligida 1,6 marta (2010-2016 yillar uchun o`rtacha yillik o`sish – 7,0%), sanoatda – 1,4 barobar (4,8%), qurilishda – 2,4 barobar (13,7%), hizmatlar sohasida – 2,0 barobar (10,6%) o`sganligi hisobiga ta`minlangan.

3 rasm. Aholi jon boshiga YaHMni o`zgarishi dinamikasi, foizda
Iqtisodiyotning barqaror o`sish sur`atlari saqlanib turgan bir sharoitda aholining real daromadlari ham mos ravishda o`sib borayotganing kuzatishimiz mumkin.
2016 yil yakunlari bo`yicha iqtisodiyot tarmoqlarida kuzatilgan o`sish sur`atlari yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) barqaror o`sishida asosiy omil bo`lib xizmat qildi. Jumladan, qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi tarmog`ining o`sish sur`ati 105,5 foiz, (YaHM tarkibidagi ulushi – 19,7 foiz), sanoat – 105,6 foiz (35,1 foiz), qurilish – 101,8 foiz (3,7 foiz), savdo, yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar – 114,2 foiz (10,4 foiz), tashish va saqlash, axborot va aloqa – 107,4 foiz (14,5 foiz) va xizmat ko`rsatuvchi boshqa tarmoqlar – 109,3 foiz (16,6 foiz) ni tashkil qildi.
Qulay ishblarmonlik muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari natijasida Toshkent viloyatida 2010-2016 yillar uchun o`rtacha 7-8 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o`sish sur`atlarini namoyish qila boshladi.


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling