O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili


MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH


Download 1.3 Mb.
bet7/9
Sana29.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1400501
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahl

MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH 


1.1. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanining mazmuni, predmeti, maqsadi va vazifalari 

Iqtisodiy tahlilning predmeti bir-biri bilan u yoki bu aloqada, doimi harakat va rivojlanishda bо‘lgan predmetlar va hodisalarning tо‘plamidan iborat bо‘lgan tadqiqotchilikdir. Bu aloqalar xilma-xildir va qismni butunicha hamda aksincha munosabatlarda, tengliklar va tengsizliklarda, aniq yoki noaniq о‘zaro bо‘ysunuvchilikda, bir-birini taqozo qilishda va о‘zaro bog‘liqlikda о‘z aksini topadi. Birining holatining о‘zgarib ikkinchisiga о‘tishi aks etuvchi о‘zaro munosabat tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy hodisalarni mantiqiy-uslubiy va gneseologik bilishdir. Mamlakatning iqtisodiy holatini, о‘tkazilayotgan joriy chora-tadbirlar zarurligini, samarasini baholashda makroiqtisodiy tahlil va prognozlash juda katta ahamiyatga ega. Tahlilning muhim vazifalaridan biri mamlakatda sodir bо‘layotgan jarayonlarni modellashtirish sifatini oshirish, о‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosatning natijalarini aniqlash. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash asosiy ilmiy-amaliy yо‘nalishlardan biri bо‘lib makroiqtisodiy kо‘rsatkichlarning о‘zaro bog‘liqliklarini aniqlab berishga yordam beradi. “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fani makroiqtisodiyot doirasida nazariy va amaliy masalalarni о‘rganish va uni mо‘tadil rivojlantirishning yechimlarini topishda hamda “iqtisodiyot” ta’lim yо‘nalishi mutaxassislarining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda keng foydalaniladi. Fanni о‘qitishdan maqsad talabalarga zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar tо‘g‘risida bilimlar berish hisoblanadi. Fanning vazifasi talabalarni iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar tahlilini amalga oshirish; iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zarur zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish; ularga milliy hisoblar tizimi(MHT)ga kо‘ra asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlarni hisoblash usullarini о‘rgatish; mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini prognozlashtirish; iqtisodiy qonunlarning byudjetsoliq, pulkredit sohalarida amal qilish xususiyatlarini kо‘rsatish; talabalarda makroiqtisodiy jarayonlarni, iqtisodiy operatsiyalarni tahlil qilish asosida ularni samarali boshqarish bо‘yicha mustaqil qarorlar qabul qilish kо‘nikmalarini shakllantirish; prognozlashning barcha usullaridan keng foydalanishni bilgan holda, iqtisodiyotning aniq bir sohasida rivojlanishni prognozlash va ularni rivojlantirish yо‘llari tо‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarga ega bо‘lishini ta’minlashdan iborat.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling