O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili


-jadval 2010-2018 yillarda O’zbekiston Respublikasida Iste’mol narxlari indeksi dinamikasi


Download 1.3 Mb.
bet6/9
Sana29.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1400501
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tahl

8-jadval

2010-2018 yillarda O’zbekiston Respublikasida Iste’mol narxlari indeksi dinamikasi


Yillar

Iste’mol narxlar indeksi %

O’sish(kamayish) %


2010-yilga nisbatan


Oldingi yilga nisbatan


1

2

3

4

2010

107,3

100

-

2011

107,6

100,28

100,28

2012

107,0

99,72

99,44

2013

106,8

99,53

99,81

2014

106,1

98,88

99,34

2015

105,6

98,42

99,53

2016

105,7

98,51

100,09

2017

114,4

106,62

108,23

2018

114,3

106,52



99,91


Mamlakatimizda inflatsiya darajasi xalqaro amaliyotda qo’llanilgandek, iste’mol narxlar indeksi asosida o’lchanadi. Demak yuqoridagi jadval mamlakatimizda 2010-2018 yillarda kuzatilgan inflatsiya darajasi va uning o’zgarish dinamikasini ifodalaydi. Unga ko’ra INI 2010-yilda 107,3% dan 2018-yilda 114,3%ga ortgan. So’nggi 2 yilda ya’ni 2017-2018 yillarda inflatsiya darajasining keskin ortishiga sabab sifatida milliy valyutamizning AQSH dollariga nisbatan rasman qadrsizlanganligini keltirish mumkin. Shu sababli INI 2018-yilda 2010 yilga nisbatan o’rtacha 6,5%ga ortgan.

2020 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi ma’lum qilindi













O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Fuqarolar uchun byudjet" loyihasini taqdim etdi. Loyihadan byudjet jarayonidagi o‘zgarishlarni, 2020 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan yo‘nalishlarni bilib olish hamda 2020 yilgi Davlat byudjeti loyihasi, tashabbusli byudjetlashtirish bilan tanishish mumkin.
E’lon qilingan loyihada 2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 128 460 mlrd so‘m yoki YAIMning 20 foizi miqdorida rejalashtirilgan, bu esa joriy yil yakuni bo‘yicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15 817,1 mlrd so‘mga ko‘proqdir. Kutilayotgan tushumlarni baholashda iqtisodiyotning real o‘sishi, soliqlar ma’murchiligini takomillashtirish, alohida soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi, shuningdek narx va valyuta kursining kutilayotgan oshishi kabi omillar hisobga olingan. Prognozlashtirilayotgan daromadlar tuzilmasida bilvosita soliqlar salmog‘ini birmuncha qisqartirish orqali bevosita soliqlarni oshirish tendensiyasi saqlanib qoladi. 
Kelgusi yilda Davlat byudjeti xarajatlari 131 104,5 mlrd so‘m miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda, bu esa 2019 yilda tasdiqlangan parametrlardan 23 foizga ko‘pdir. Ijtimoiy sohaga xarajatlar ulushi katta qismni – 66 018 mlrd so‘mni tashkil etadi, ularning yarmi yoki umumiy byudjet xarajatlarining 22,9 foizi ta’lim sohasiga, 14 842,6 mlrd so‘m – sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat va sport sohasiga, umuman olganda – 3 319,5 mlrd so‘m, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga – 6 573,7 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, bu o‘tgan yildagiga qaraganda 23 foiz ko‘proqdir, 8 trln so‘m fuqarolarning pensiya ta’minoti uchun xarajatlar doirasida Pensiya jamg‘armasiga subsidiyalar tarzida zaxiraga beriladi.
2020 yilgi konsolidatsiyalashgan byudjet YAIIga nisbatan 3 424,9 mlrd so‘m yoki 0,5 foiz defitsit bilan ko‘rsatilmoqda. Umumiy fiskal balans konsolidatsiyalashgan byudjet va davlat dasturi xarajatlarini hisobga olgan holda tashqi qarzlar hisobiga 17 819,0 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Yil boshiga davlat qarzi 21,3 mlrd dollar (YAIMga nisbatan 36,0 foiz) miqdorida bo‘lishi kutilmoqda, shundan tashqi qarzi 15,3 mlrd dollar (YAIMga nisbatan 25,4 foiz)ni tashkil etadi. Kreditorlar kesimida xorijiy davlatlardan (qolganlariga nisbatan Xitoy va Yaponiyadan ko‘proq) olingan qarzlar 6,7 mlrd dollarni, xalqaro moliya institutlaridan 7,7 mlrd dollarni (51 foizi - OTB) va investorlar hisobiga 1 mlrd dollarni tashkil etadi. 2020-2022 yillarda tashqi qarzlarni so‘ndirishga 1 567,4 mln dollarni yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun quyidagilarga litimlar belgilanmoqda:
davlat nomidan yoki Hukumat kafolati ostida tashqaridan mablag‘larni jalb etish bo‘yicha yangidan imzolangan bitimlar – 4 mlrd dollar;
davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston nomidan yoki davlat kafolati ostidan jalb etiladigan (o‘zlashtiriladigan), kelgusi yillarda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga so‘ndiriladigan qarzlar – 1,5 mlrd dollar.
2019 yildan tashabbusli byudjetlashtirish dastaklari joriy etilmoqda, bunda tumanlar (shaharlar) byudjetlarining qo‘shimcha mablag‘larining kamida 10 foizi jamoatchilik fikri asosida o‘tkaziladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Mexanizmlar openbudget.uz portali vositasida amalga oshiriladi. 2019 yil I chorak yakunlariga ko‘ra jami respublika bo‘yicha 4 049 ta ovoz va takliflar bildirilgan, ularni moliyalashtirishga 28,9 mlrd so‘m ajratilgan. II chorakda tashabbuslar 5 baravarga ko‘paygan, ularga 48,3 mlrd so‘m yo‘naltirilgan. Asosiysi bular obodonlashtirish va ta’lim muassasalarini ta’mirlash ishlaridir.



Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling