O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/360
Sana22.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1794192
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   360
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

1
1
1
2
1
2


moddasida
(mayda bezorilik) hamda 
200-moddasida
(o‘zboshimchalik) nazarda tutilgan
ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan
yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs)
taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va
ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini ushbu
Kodeksning 
313 -moddasida
belgilangan tartibda sudga yuboradi.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan huquqbuzarlikni bir yil ichida
takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan
ozod qilinmaydi.
(21 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-720-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
III BOB. MA’MURIY JAZO VA MAJBURLOV ChORASI
(III bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)
22-modda. Ma’muriy jazoning maqsadi
Ma’muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan
shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu
huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik
sodir etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling