O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/360
Sana22.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1794192
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   360
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

16-modda. Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa
shaxslarning ma’muriy javobgarligi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki
ishlar organlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va
boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga
muvofiq javobgar bo‘ladilar. Mazkur shaxslar ijro hujjatini ijro etmaganligi, sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni, yo‘l harakati qoidalarini, ov
qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash qoidalarini, bojxona qoidalarini buzganligi uchun
umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan
ma’muriy qamoqqa olish choralari qo‘llanilishi mumkin emas. Muddatli harbiy xizmat harbiy
xizmatchilariga jarima solinishi mumkin emas.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslar jumlasiga kirmaydigan, intizom
ustavlari yoki intizom to‘g‘risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu
1
2
3
1
1
2
3
4
5
6
1
1
2
3
1
1
1
1
1


ustav yoki qoidalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir
etganliklari uchun intizomiy javobgar bo‘ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda
ma’muriy javobgar bo‘ladilar.
17-modda. Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ma’muriy
javobgarligi
O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Immunitetga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning O‘zbekiston
Respublikasi qatnashchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid bo‘lmagan qismi
qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 
17-bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling