Bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar
va transport vositalari, bunday
nazoratni o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar mavjud bo‘lgan yoki nazorat
etish bojxona organlari
zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud yoxud binoga bojxona organi
mansabdor shaxsining kirishiga to‘sqinlik qilish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(227 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
227 -modda. Bojxona organiga hisobotlarni taqdim etmaslik va hisob-kitob yuritish
tartibiga rioya qilmaslik
Bojxona nazorati ostida yoxud erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududida bo‘lib, olib
kirilayotgan, olib chiqilayotgan,
kelib tushayotgan, saqlanayotgan,
qayta ishlanayotgan,
tayyorlanayotgan, sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlar haqida belgilangan tartibda bojxona
organiga zarur hisobotlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek bunday
tovarlar hisob-kitobini
yuritish tartibiga rioya etmaslik, —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(227 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: