O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Tugaganidan so‘ng shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadigan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

37-modda. Tugaganidan so‘ng shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadigan
muddat
Basharti ma’muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o‘tash muddati tugagan kundan boshlab
bir yil mobaynida yangi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo‘lsa, mazkur shaxs ma’muriy
jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
38-modda. Etkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida keltirilgan
zararni qoplashi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish oqibatida jismoniy shaxsga, korxona, muassasa,
tashkilotga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki davlatga yetkazilgan mulkiy zarar
belgilab qo‘yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan ko‘p bo‘lmasa, organ (mansabdor shaxs) jazo
qo‘llanish paytida aybdor bu zararni qoplashi to‘g‘risidagi masalani ham hal etishga haqlidir, jinoyat
ishlari bo‘yicha sud esa — bu masalani yetkazilgan zarar miqdoridan qat’i nazar hal qilaveradi.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Boshqa hollarda ma’muriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplash
fuqarolik-huquqiy tartibida hal qilinadi.
39-modda. Bajarilmaganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan vazifani ijro etish
Ma’muriy jazoni qo‘llanish ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni bajarilmaganligi
uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan vazifani bajarishdan ozod etmaydi.
MAXSUS QISM
V bob. FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN
HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
40-modda. Tuhmat


Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish

Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(40-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling