Oldingi
tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni qonunga xilof
ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron
shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka
zid
qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan
huquqlari tiklanishini,
murojaat
munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik —
(43-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan
uch baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(43-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Jinoyat kodeksining
144-moddasi
, 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
44-modda. Hujjatlar bilan tanishib chiqishni asossiz ravishda rad etish
Fuqaroga uning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan
hujjatlar,
qarorlar va boshqa
materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish —
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan
ikki baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(44-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Do'stlaringiz bilan baham: