45-modda. Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish
Turar joyga unda istiqomat qiluvchilarning xohish-irodasiga xilof ravishda noqonuniy tarzda
kirish, mansabdor bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(45-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Jinoyat kodeksining
142-moddasi
.
46-modda. Fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan
ma’lumotlarni oshkor etish
Oldingi
tahrirga qarang.
Tibbiy yoki tijorat sirlarini, yozishma va boshqa xabarlar, notarial harakatlar, bank operatsiyalari
va jamg‘armalar sirlarini, xuddi shuningdek fuqaroga, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlariga ma’naviy yoxud moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni
oshkor etish, basharti ushbu Kodeksning
46 -moddasida
nazarda tutilgan huquqbuzarlik
alomatlari mavjud bo‘lmasa, —
(46-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-411-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(46-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunning
3
,
5 — 7-moddalari
, “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonun 3-
moddasining
ikkinchi
,
oltinchi xatboshilari
, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan
1
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 21-iyundagi 01/26-26/40-son qarori bilan
tasdiqlangan “Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga
rioya etilishi bo‘yicha namunaviy
nizom
”, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining
2011-yil 22-fevraldagi 1-yu son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish
qoidalari”ning
180-bandi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |