46 -modda. Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish
Shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(46 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Jinoyat kodeksining
141 -moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
46 -modda. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(46 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish,
to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish, xuddi
shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot
tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov
berilayotganda jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda
Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan
shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishga, tizimlashtirishga va
saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik
baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(46 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son — 2022-yil 31-yanvardan
kuchga kiradi)
Do'stlaringiz bilan baham: |