O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

47 -modda. Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan bolani ota, ona yoki ularning o‘rnini
bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz
qoldirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
Bolaning chet davlat hududida nazoratsiz qoldirilganligi haqidagi ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ko‘pi bilan o‘ttiz kunlik muddat belgilagan holda sud mazkur
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning zimmasiga bolani chet davlat hududidan
O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish bo‘yicha choralar
ko‘rish majburiyatini yuklatadi. Otaning, onaning yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning yoxud
hamrohlik qiluvchi shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra mazkur muddat yana o‘ttiz kunga uzaytirilishi
mumkin.
(47 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-martdagi O‘RQ-823-sonli 
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son — 2023-yil 16-iyundan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
47 -modda. Ota-onaning o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash
bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligi
Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda yoxud ular o‘z ota-onalik majburiyatlarini
bajara olmaydigan davr uchun voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash bo‘yicha
majburiyatlarini bajarmasligi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(47 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling