241 -modda. Tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablag‘lari mavjudligi
to‘g‘risidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul
mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni talab qilib olish, —
(241 -moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan
sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(241 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
(241 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli
Qonuniga
asosan o‘z
kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
241 -modda. Pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud
ularni o‘z vaqtida qaytarmaslik
Tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz
qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z
vaqtida qaytarmaslik, oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
5
5
Do'stlaringiz bilan baham: |