O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet307/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

299-modda. Ekspert
Oldingi
 tahrirga qarang.


Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega
bo‘lgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin.
Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa,
tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Ekspert ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs)
tomonidan maxsus bilimlarga zarurat tug‘ilgan hollarda tayinlanadi.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan
shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan
yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Ekspert: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishning ekspertiza predmetiga oid materiallari
bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; ekspertizani
o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida
iltimosnomalar berish; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor
shaxs) ruxsati bilan ishni ko‘rib chiqishda hozir bo‘lish, javobgarlikka tortilayotgan shaxsga,
jabrlanuvchiga, guvohlarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni
ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza
predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon
etish; uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishda ishtirok
etuvchi shaxslar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona
tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan
foydalanish; agar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor
shaxsning) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan
bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadir.
Ekspert: o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan
o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga
binoan hozir bo‘lishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani
tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertizani o‘tkazishi munosabati bilan
o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va
ish materiallarining saqlanishini ta’minlashi; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib
chiqilayotganda tartibga rioya qilishi shart.
(299-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling