O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet310/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

300-modda. Tarjimon
Tarjimon ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs)
tomonidan tayinlanadi.
Tarjimon mazkur organning (mansabdor shaxsning) chaqirig‘iga binoan kelishi, o‘ziga
topshirilgan tarjimani to‘la-to‘kis hamda aniq bajarishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
301-modda. Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarning
qoplanishi lozim bo‘lgan xarajatlari
Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) huzuriga kelishlari munosabati bilan
ularning qilgan xarajatlari belgilangan tartibda qoplanadi.
Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sifatida chaqirilgan
shaxslarning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs)
huzuriga kelishlari munosabati bilan ular ishda bo‘lmagan vaqtda o‘z ish joyidagi maoshi
belgilangan tartibda saqlanadi.
Ekspert, mutaxassis va tarjimon xizmat topshirig‘i tartibida bajarilgan hollardan tashqari,
o‘zining vazifalarini bajarganligi uchun mukofotlanish huquqiga egadir.
(301-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli 
Qonuni
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga
kiradi)
302-modda. Ma’muriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganligi sababli fuqaroga
yetkazilgan zararni qoplash
Ma’muriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganlik natijasida fuqaroga yetkazilgan
zarar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqqan organning (mansabdor shaxsning)
aybidan qat’i nazar davlat tomonidan to‘liq hajmda to‘lanadi.
Zararni qoplash huquqi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish tugatilgan taqdirdagina
vujudga keladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) fuqaroga
buzilgan huquqlarini tiklash tartibini tushuntirib berishi va ma’muriy javobgarlikka qonunga xilof
ravishda tortilganligi natijasida fuqaroga yetkazilgan zararni qoplash uchun qonunda nazarda
tutilgan choralarni ko‘rishi shart.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling