O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet308/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

299 -modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi
Ekspert yoki ekspertlar komissiyasi ekspert tekshiruvlarini o‘tkazib bo‘lganidan keyin
tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan
tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Xulosada: ekspertiza o‘tkazilgan sana va joy; ekspertizani o‘tkazish asosi; ekspertizani
tayinlagan organ (mansabdor shaxs) to‘g‘risida ma’lumotlar; ekspert (familiyasi, ismi, otasining ismi,
ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani
o‘tkazish topshirilgan tashkilot haqida ma’lumotlar; ekspertning bila turib noto‘g‘ri xulosa
berganligi, xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik
to‘g‘risida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qo‘yilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan
tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqida
ma’lumotlar; qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilgan holda ekspert tekshiruvlarining mazmuni va natijalari,
shuningdek bu ekspert tekshiruvlari, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan bo‘lsa, kim tomonidan
o‘tkazilganligi; ekspert tekshiruvi natijalarining baholanishi, qo‘yilgan savollarga berilgan asosli
javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan va ekspertning tashabbusiga ko‘ra aniqlangan
holatlar ko‘rsatilishi lozim.
Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar,
shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
1


Oldingi
 tahrirga qarang.
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda
uning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi. Ekspert tekshiruvining olib borilishi, shart-sharoitlari va
natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona,
muassasa, tashkilotda qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular ekspertizani
tayinlagan organning (mansabdor shaxsning) talabiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ishga qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etiladi.
(299 -moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus
bilimlari yetarli emasligi ekspert tekshiruvi davomida ma’lum bo‘lib qolsa, xulosa ayrim qo‘yilgan
savollarga javob berishni rad etish asosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.
Ekspert tekshiruvi tugaganidan so‘ng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari
ekspertizani tayinlagan organga (mansabdor shaxsga) yuboriladi.
Xulosa ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs)
uchun majburiy emas, biroq uning xulosaga qo‘shilmasligi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Agar ekspert qo‘yilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin
bo‘lmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning
yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to‘ldirib bo‘lmasligiga yoxud fan
va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga
ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda
uni ekspertizani tayinlagan organga (mansabdor shaxsga) yuboradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 
13-bandi
.
(299 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-250-son 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 22-son, 174-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling