O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Transport vositasini boshqarishdan chetlatish, mastlik holatini aniqlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet305/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

292-modda. Transport vositasini boshqarishdan chetlatish, mastlik holatini aniqlash
uchun tekshiruvdan o‘tkazish
Transport vositalarini boshqarayotgan mastlik holatida deb hisoblashga yetarli asoslar
bo‘lgan shaxs transport vositasini boshqarishdan chetlashtirilishi va mastlik holatini aniqlash
uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak.
Mazkur shaxsni tekshirishga yuborish va bu tekshiruvni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida”gi 
qaror 
(ro‘yxat raqami 3099).
293-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni ta’minlash
choralari ustidan shikoyat berish
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish, shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish, ashyolarni ko‘zdan kechirish,
transport vositalarini ushlab turish va ko‘zdan kechirish, ashyo va hujjatlarni olib qo‘yish, transport
vositasini boshqarishdan chetlashtirish ustidan manfaatdor shaxs yuqori organga (mansabdor
shaxsga), prokurorga yoki sudga shikoyat berishi mumkin.
XXII bob. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI IShNI YURITIShDA QATNAShUVChI
ShAXSLAR
294-modda. Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning huquq va burchlari
Ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar
berishga, dalillar keltirishga, o‘z iltimosini bayon etishga, ishni ko‘rib chiqish vaqtida advokatning
yuridik yordamidan foydalanishga, o‘z ona tilida so‘zlashga va tarjimonning xizmatlaridan
foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs
ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Mazkur shaxsga ishni ko‘rib chiqish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi
to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan va undan ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday
iltimos tushmagan hollarda, shuningdek ushbu Kodeks 309 -moddasining 
birinchi qismida 
va
309 -moddasining 
birinchi qismida
nazarda tutilgan hollardagina ish uning ishtirokisiz ko‘rib
chiqilishi mumkin.
(294-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-720-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son — 2022-yil 6-
1
2


yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Basharti sodir etgan huquqbuzarligi uchun ushbu Kodeksda ma’muriy qamoqqa olish,
ashyolarini musodara qilish yoki haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish choralarini qo‘llash nazarda
tutilgan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish vaqtida ma’muriy
javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirok etishi shart. Mazkur shaxs bunday ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etishdan bo‘yin tovlagan taqdirda, u
jinoyat ishlari bo‘yicha sudning ajrimiga binoan ichki ishlar organi tomonidan majburan olib
kelinishi mumkin. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining
bojxona chegarasi orqali tovarlarni yoki boshqa qimmatliklarni olib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lib,
musodara qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish alohida hollarda,
agar ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida
bo‘lsa yoki uning turgan joyini aniqlash imkoni bo‘lmasa, bunday shaxsning ishtirokisiz ko‘rib
chiqiladi.
(294-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling