O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet320/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

309 -modda. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd
etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror
Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy
huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan
shaxsning ishtirokisiz chiqariladi.
Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy
huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot
tizimini qo‘llash orqali olingan materiallar ilova qilingan holda mazkur qaror chiqarilgan kundan
e’tiboran uch kun ichida soliq to‘lovchining (huquqbuzarning) shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy
huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: qarorning
raqami; qaror chiqarilgan sana va joy; qarorni chiqargan organning nomi, mansabdor shaxsning
lavozimi hamda familiyasi, ismi, otasining ismi; soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami;
ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ma’muriy huquqbuzarlik sodir
etilgan vaqt, joy va huquqbuzarlikning tavsifi; ushbu Kodeks Maxsus qismining sodir etilgan
ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi; tayinlangan jarima va uni
to‘lash tartibi; jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi.
(309 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli 
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son — 2022-yil 13-iyundan
kuchga kiradi)
310-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning
turlari
Organ (mansabdor shaxs) ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib, quyidagi
qarorlardan birini qabul qiladi:
1) ma’muriy jazo qo‘llanish to‘g‘risida;
2) ishni yuritishni tugatish to‘g‘risida.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling