O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet321/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

2
2
3
3


Ishni yuritishni tugatish to‘g‘risidagi qaror ushbu Kodeksning 
271-moddasida
nazarda tutilgan
holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda chiqariladi.
(310-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-apreldagi O‘RQ-289-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 17-son, 168-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Sud tomonidan ishni yuritishni tugatish to‘g‘risidagi qaror ogohlantirish e’lon qilinganda ham
chiqariladi.
(310-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 26-apreldagi O‘RQ-289-sonli 
Qonuniga
muvofiq
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 17-son, 168-modda)
311-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni e’lon
qilish va uning nusxasini berish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ishni ko‘rib chiqish
tugashi bilanoq darhol e’lon qilinadi va u chiqarilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
(311-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-
apreldan kuchga kiradi)
Qarorning nusxasi uch kun ichida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxsga, shuningdek
o‘zining iltimosiga ko‘ra jabrlanuvchiga topshiriladi yoki jo‘natiladi.
Qarorning nusxasi tilxat bilan beriladi, basharti qarorning nusxasi jo‘natilsa, bu haqda ishga
tegishli yozuv yozib qo‘yiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xizmat qurolidan va uning o‘q-dorilaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat
organlarining mansabdor shaxslariga hamda maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan yuridik
shaxslarning xodimlariga nisbatan ushbu Kodeksning 
185-moddasida
, 220-moddasi 
uchinchi
,
to‘rtinchi
va 
oltinchi qismlarida

221-moddasida
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorning ko‘chirma nusxasi tegishli davlat organiga yoki
yuridik shaxsga ma’lumot uchun, ichki ishlar organiga esa ushbu shaxsning quroldan
foydalanishini taqiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
(311-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-
sentabrdan kuchga kiradi)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling