O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet154/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

177 -modda. Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish
Asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi
shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash,
tarqatish, barchaning e’tiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining
nusxalarida ularning tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari to‘g‘risida, shuningdek
mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolg‘on axborotni ko‘rsatish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni
takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa
huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir
baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(177 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni
takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa
huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining
besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(177 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling