Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy
nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining
27-moddasi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
177-modda. O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan
joy nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish
O‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki
adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgilardan
shu turdagi tovarlarga
(xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud o‘zganing firma
nomidan
qonunga xilof ravishda foydalanish, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(177-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan
yigirma baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha
miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(177-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: