O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet156/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki o‘z
vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organining qoidabuzarliklarni tugatish to‘g‘risidagi,
dastlabki holatni tiklash haqidagi, iste’molchilarning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish
to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash, o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik,

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tayyorlovchining tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifati ustidan nazoratni amalga
oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi, ularni o‘z
vaqtida yoki lozim darajada bajarmasligi, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish hamda aksiyalarni (ulushlarni)
olish bo‘yicha bitimlar tuzish chog‘ida raqobatni cheklashga qarshi talablarni buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
Raqobatga qarshi kelishuvlar tuzish va muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etish,
shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeni suiiste’mol qilish, xuddi shuningdek
savdolarga doir raqobatni cheklashga qarshi talablarni buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchilarga
zarar yetkazish, shuningdek iste’molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi axborotni
taqdim etmaganlik yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik, shu jumladan
iste’molchilarni tovarning iste’molga oid xususiyatlari yoki sifati xususida chalg‘itish, tovarni unga
o‘xshash boshqa mahsulotlar bilan almashtirib qo‘yish, mahsulotning xususiyatlari va sifatini
qasddan o‘zgartirish, xuddi shuningdek qalbakilashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish,
olib kirish va realizatsiya qilish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch
baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha
2
2


miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni, shuningdek ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik
muddati ko‘rsatilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan tovarlarni ularning ishlab chiqarilgan
sanasi va yaroqlilik muddatini ko‘rsatmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul
qilganlik, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch
baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Raqobat sohasidagi vakolatli davlat organiga axborot taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida
taqdim etmaslik yoxud unga bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxsi tomonidan xomashyo,
tovarlar erkin harakatlanishini va realizatsiya qilinishini hamda xizmatlar ko‘rsatilishini qonunga xilof
ravishda cheklash, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni amalga oshirish, ruxsat etish xususiyatiga ega
hujjatlarni berish yoki maxsus elektron tizim vositasida xabarnomalarni qabul qilish vakolatlari yoki
ro‘yxatga olish yoxud akkreditatsiyadan o‘tkazish vakolatlari berilgan davlat unitar korxonalari yoki
muassasalari yoxud yuridik shaxslarning birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar
qabul qilish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning 
birinchi — yettinchi qismlarida
nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh
baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning 
sakkizinchi qismida
nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning 
to‘qqizinchi 
va 
o‘ninchi qismlarida
nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(178-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 3 iyuldagi O‘RQ-850-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son — 2023 yil 4 oktyabrdan kuchga
kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling