O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet160/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

179 -modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(179 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ichki nazoratni, mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalarini hujjatlashtirish va saqlashni,
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va hujjatlar bilan qayd etishni tashkil qilish va amalga
oshirishga doir talablarni buzish, operatsiyani amalga oshirishni rad etish, xuddi shuningdek
maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar haqidagi axborotni taqdim etmaslik, o‘z
vaqtida taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etganlik, qonunchilik talablarining pul
mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay to‘xtatib qo‘yishga yoki operatsiyalarni to‘xtatib
turishga oid qismini ijro etmaslik, —
(179 -modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-
683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(179 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirishning
belgilangan tartibini tegishli nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar
tomonidan buzish, xuddi shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi
kurashish munosabati bilan tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil
etuvchi ma’lumotlarni g‘ayriqonuniy ravishda talab qilish, olish yoxud oshkor etish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(179 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
birinchi 
yoki 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy
jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(179 -modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
155

243-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi
2004-yil 26-avgustdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
660-II-sonli Qonunining 
24-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining
2009-yil 13-oktabrdagi 10, 39-sonli qarori bilan tasdiqlangan Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish
bo‘yicha ichki nazorat 
qoidalari
, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining
2009-yil 13-oktabrdagi 104 va 41-sonli qarori bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari
uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashish bo‘yicha ichki nazorat 
qoidalari
, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq,
valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti
boshlig‘ining 2009-yil 13-oktabrdagi 36-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metall va
qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish
3
3
3
3
3
3
3


bo‘yicha ichki nazorat 
qoidalari
, Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish
bo‘yicha ichki nazorat 
qoidalari
, Birja a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga
va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat 
qoidalari
, Rieltorlik tashkilotlari
uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish�a va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi
kurashish bo‘yicha ichki nazorat 
qoidalari
, Lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarda jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki
nazorat 
qoidalari
, Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat 
qoidalari
, Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish
bo‘yicha ichki nazorat 
qoidalari
, Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat
qoidalari
, Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki
nazorat 
qoidalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling