O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet185/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

197 -modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining
qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, shuningdek uning ko‘rsatmalarini bajarmaslik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy
faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, shu jumladan uning tekshirish o‘tkazishiga to‘sqinliklarni yuzaga
keltirganlik, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hududlari va inshootlarini ko‘zdan kechirish uchun
ularga kiritishni rad etganlik, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi
qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etishga doir ko‘rsatmalarini bajarmaslik, —
(197 -moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(197 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son — 2021-yil 6-
yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
197 -modda. Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish
Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot
xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh
sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(197 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-martdagi O‘RQ-827-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 03/23/827/0173-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling