O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet211/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

219 -modda. Rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora
metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni
sotish qoidalarini buzish
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-
chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan
foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
rangli metallarni, ularning parchalari va rezgi-chiqitlarini, shuningdek qora metall parchalari
va rezgi-chiqitlarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n
besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan ellik baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(219 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
185 -moddasi
, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
6-iyundagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash
tartibi to‘g‘risida 
nizom
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
220-modda. Qurolning va uning o‘q-dorilarining muomalada bo‘lishi qoidalarini buzish
Ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning
fuqaroviy, mukofot tarzida berilgan, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish uchun mo‘ljallangan
qurolni va uning o‘q-dorilarini realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash,
ko‘rgazmaga qo‘yish qoidalarini buzishi —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima
solishga yoki haqini to‘lab shu qurolni va o‘q-dorilarni olib qo‘yishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining
o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
1
1
1


Xizmat qurolini va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish
qoidalarini xizmat qurolidan va uning o‘q-dorilaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat
organlarining mansabdor shaxslari hamda maxsus xizmat vazifalariga ega bo‘lgan yuridik
shaxslarning xodimlari tomonidan buzish, xuddi shuningdek qurolni va uning o‘q-dorilarini, o‘qotar
qurolning asosiy qismlarini olish, berish, hisobga olish, realizatsiya qilish, tashish, saqlash,
kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish qoidalarini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalariga
ega bo‘lgan yuridik shaxslarning qurol va uning o‘q-dorilari, o‘qotar qurolning asosiy qismlari but
saqlanishini, ularning belgilangan tartibda berilishi-qabul qilib olinishini hamda hisobga olinishini
ta’minlashga doir majburiyatlar o‘z zimmasiga yuklatilgan mas’ul xodimlari tomonidan buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning 
uchinchi qismida
nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi
qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
Qurolni va uning o‘q-dorilarini, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini qabul qilish, hisobga olish
hamda sotish qoidalarini fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini realizatsiya
qilishga doir litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan buzish

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalari rasmiylashtirilgan fuqaroviy va xizmat
quroliga tovushsiz o‘q uzish moslamalarini hamda tunda ko‘rish mo‘ljallagichlarini (bundan ov qilish
uchun mo‘ljallagichlar mustasno) o‘rnatish —
tovushsiz o‘q uzish moslamalarini va tunda ko‘rish mo‘ljallagichlarini musodara qilib, bazaviy
hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
(220-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-dekabrdan kuchga
kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling