O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Pasport tizimi qoidalarini buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet213/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

223-modda. Pasport tizimi qoidalarini buzish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportsiz yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiz yoxud
haqiqiy bo‘lmagan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta bilan, doimiy yashash yoki vaqtincha
turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashashi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining
pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini, xorijga chiqish uchun biometrik pasportini
qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi,
shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatini qasddan yaroqsizlantirishi yoki
uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi, O‘zbekiston Respublikasi hududida
doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning haqiqiy bo‘lmagan
identifikatsiyalovchi ID-kartasi (O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) bilan, doimiy
yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashashi, identifikatsiyalovchi
ID-kartasini (O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini) qasddan yaroqsizlantirishi yoki
uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yo‘qotib qo‘yishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima
solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ayni bir huquqbuzarlik ma’muriy jazo
chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan shaxslarning
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yashashiga yo‘l qo‘yilishi, xuddi shuningdek fuqarolar tomonidan
o‘z turar joylarida shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, doimiy yashash va vaqtincha
turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashashiga yo‘l qo‘yilishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘n olti yoshga to‘lishi
munosabati bilan identifikatsiyalovchi ID-kartasini o‘z vaqtida olmaganligi uchun ma’muriy
javobgarlikka tortilmaydi.
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan chet el
fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs o‘n olti yoshga to‘lishi munosabati bilan identifikatsiyalovchi
ID-kartasini o‘z vaqtida olmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
(223-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)


Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling