O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet215/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

224-modda. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha
cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish
Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov
belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(224-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov
belgilangan joylarga kirishga hamda ularda yashashga oid qoidalarni buzgan fuqarolarning
bunday joylarda yashashiga yo‘l qo‘yish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(224-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
1
1
1
1
2
3
3
3
3


224 -modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish
punktlaridagi rejimni buzish
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish,
ya’ni shaxslar va transport vositalarining o‘tkazish punktlarida bo‘lishi hamda harakatlanishi
tartibiga rioya etmaslik, shaxslarning o‘tkazish punktlaridagi taqiqlangan joylarga va transport
vositalariga g‘ayriqonuniy kirishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(224 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(224 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-martdagi 89-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risida 
nizom
”.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining Davlat
chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzganlik uchun ushbu moddaning 
birinchi
qismida
belgilangan jarimani to‘lamagan taqdirda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish
huquqi bir yil muddatga cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda
chiqarib yuboriladi.
Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining Davlat
chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzishni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan
keyin bir yil davomida takroran sodir etib, ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
 belgilangan jarimani
to‘lamagan taqdirda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga
cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuboriladi.
(224 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-fevraldagi O‘RQ-753-sonli 
Qonuniga 
asosan
uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2022-y.,
03/22/753/0133-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling