O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Qurolning qonunga xilof muomalasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet212/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

220 -modda. Qurolning qonunga xilof muomalasi
Pnevmatik, signal beruvchi, uloqtirish qurolini, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ichki ishlar
organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz realizatsiya qilish, olish, saqlash, olib yurish, tashish,
kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish, ulardan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib
kirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi
hududi orqali tranzit olib o‘tish —
qurolni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha
miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish qurolini, o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ichki
ishlar organlarining tegishli litsenziyalarisiz ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish —
qurolni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda
jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(220 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-dekabrdan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
221-modda. Qurolni ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) qoidalarini yoki
uning muomalasi sohasidagi ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalarini
buzish
(221-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-dekabrdan
kuchga kiradi)
1
1


Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqaroviy, xizmat qurolini, mukofot tarzida berilgan, kolleksiyalash, ko‘rgazmaga qo‘yish
uchun mo‘ljallangan qurolni va uning o‘q-dorilarini ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish
(qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) qoidalarini, shuningdek ichki ishlar organlarining qurolni saqlashga va
olib yurishga, saqlashga, kolleksiyalashga yoki ko‘rgazmaga qo‘yishga doir ruxsatnomalarining
amal qilish muddatlarini uzaytirish qoidalarini buzish, —
(221-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-dekabrdan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(221-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(222-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli 
Qonuniga 
asosan 2022-
yil 2-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling