O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

101-modda. Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki
ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy
gazni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish
yoki bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga
tashqaridan aralashish, —


(101-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
(101-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-
708-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr
energiyasidan foydalanish 
qoidalari
, Tabiiy gazdan foydalanish 
qoidalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar hamda
inshootlarni elektr energiyasi, issiqlik va gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan elektr, issiqlik va gaz
tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli 
Qonuniga 
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu modda umumiy foydalanishdagi elektr yoki gaz tarmoqlariga tijorat maqsadlarida
o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu
jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining
ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali oz miqdorda o‘g‘irlash
bilan bog‘liq harakatlar sodir etilganda qo‘llanilmaydi.
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi O‘RQ-822-sonli 
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son —
2023-yil 15-iyundan kuchga kiradi)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling