O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


X bob. QIShLOQ XO‘JALIGIDAGI HUQUQBUZARLIK, VETERINARIYA, VETERINARIYA-SANITARIYA


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

X bob. QIShLOQ XO‘JALIGIDAGI HUQUQBUZARLIK, VETERINARIYA, VETERINARIYA-SANITARIYA
QOIDALARI VA NORMALARINI BUZGANLIK UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
(X bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli 
Qonuni 
tahririda
— O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
104-modda. Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab
qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish
Chorva mollar yoki parrandalarning xo‘jalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq xo‘jalik
ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yo‘q qilib yuborishi,
ko‘chatlarga shikast yetkazishi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(104-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 20-son “Ekinlarning
payhon qilinishi va nobud bo‘lishiga qarshi kurashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi 
qarori
.
Ekinzorlarni yoki ko‘chatzorlarni hamma turdagi harakatlanuvchi texnika vositalarida bosib
o‘tish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.


(104-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy
jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(104-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling