O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Gazdan yoqilg‘i yoki xomashyo sifatida foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

103-modda. Gazdan yoqilg‘i yoki xomashyo sifatida foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan
huquqbuzarliklar


Oldingi
 tahrirga qarang.
Gazdan foydalanish qurilmasiga gazni ruxsatsiz ochib berish yoki gaz iste’mol qilishning
belgilangan tartibiga rioya qilmaslik yoxud gazdan foydalanish qurilmalarida gaz sarflashning
tasdiqlangan solishtirma normalarisiz gaz sarflash yoki bunday normalardan ortiqcha sarflash —
(103-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-
son 
Qonuni 
tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(103-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Gazdan foydalanish qurilmalarini gaz sarfini hisobga olmay turib yoki gaz qo‘llanib hosil
qilinadigan issiqlik energiyasi va mahsulotlarni hisobga olmay turib ishlatish yoxud gazdan
foydalanish qurilmasi loyihasida nazarda tutilgan gaz yonish jarayonini avtomat tarzda boshqarib
turuvchi vositalarning, issiqlik texnikasi nazorati asboblarining yoki gazdan oqilona va samarali
foydalanishni ta’minlovchi issiqlikdan foydalanish uskunalarining bo‘lmasligi (buzuqligi) —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(103-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Gaz iste’mol qiluvchi korxona, muassasa va tashkilotlar uchun nazarda tutilgan rezerv yoqilg‘i
xo‘jaligining ishga tayyor emasligi yoki gazdan foydalanish qurilmalarining belgilangan rezerv
yoqilg‘i turlarida ishlashga tayyor emasligi —
Oldingi
 tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(103-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling