mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(105-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
106-modda. Yovvoyi nashani yo‘q qilib yuborish choralarini ko‘rmaganlik
Tasarrufida yer maydonlari bo‘lgan shaxslar tomonidan yovvoyi nashani yo‘q
qilib yuborish
choralarini ko‘rmaganlik —
Oldingi
tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(106-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
107-modda. O‘simliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi
kurashishga doir fitosanitariya talablarini (choralarini) hamda boshqa qoidalarni buzish
O‘simliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir
fitosanitariya talablarini hamda boshqa qoidalarni karantin ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish,
tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash, realizatsiya qilish va yo‘q qilish chog‘ida buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir
baravaridan uch baravarigacha,
mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Fitosanitariya
choralariga rioya qilmaslik, shu jumladan o‘simliklar karantini obyektlari va
boshqa zararli organizmlar tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rmaganlik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor
shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘z hududida o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarni aniqlagan,
fitosanitariya dala nazoratini o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar
karantini va
himoyasi agentligiga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan hamda ularning o‘choqlari kengayishiga yo‘l
qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rgan shaxslar
ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
(107-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi O‘RQ-743-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: