O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

111-modda. Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni ularni g‘arazli yoki boshqa past
niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima
solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida
takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan
huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa yoki hayvonlarning o‘limiga
yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga
yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
(111-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son — 2021-yil 27-noyabrdan kuchga
kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
112-modda. Traktorchi-mashinistlar tomonidan qishloq xo‘jalik mashinalaridan texnik
jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish
(112-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Traktorchi-mashinistlar tomonidan traktorlar, kombaynlar, boshqa o‘ziyurar qishloq xo‘jalik,
melioratsiya, yo‘l-qurilish mashinalaridan texnik jihatdan foydalanish qoidalarini va texnika
xavfsizligi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish —
(112-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima
solishga yoki mexanizatorlarni ushbu mashinalarni boshqarish huquqidan bir yilgacha muddatga
mahrum qilishga sabab bo‘ladi.
(112-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling