O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

109-modda. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish
(109-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli 
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzganlik, epizootiyalarga qarshi
kurashish choralarini ko‘rmaganlik —
(109-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga
esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(109-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
200-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
“Veterinariya to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) 
Qonuni
, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-noyabrdagi 905-son
qarori bilan tasdiqlangan Veterinariya dori vositalari va ozuqa qo‘shimchalari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy
texnik 
reglament
, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-oktabrdagi 361-sonli “Davlat veterinariya xizmati
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori
, Tarqalishi oqibatida karantin yoki
cheklashlar belgilanadigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari 
ro‘yxati
 (ro‘yxat raqami 2543, 26.12.2013-y.).
110-modda. It va mushuk boqish qoidalarini buzish
Shaharlar va boshqa aholi punktlarida it va mushuk boqishning qoidalarini buzish, xuddi
shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish choralarini ko‘rmaganlik

Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha,
mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo‘ladi.
(110-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik fuqarolarning sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetishiga olib
kelsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo‘ladi.
(110-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-sonli qarori bilan
tasdiqlangan Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash 
qoidalari
, Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni
saqlash 
qoidalari 
(ro‘yxat raqami 2373, 21.06.2012-y.).


Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling