O'zbekiston respublikasining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishi reja
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi Konstitutsiya moddalarida belgilanishi
Download 27.09 Kb.
|
O\'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLIY DAVLAT VA MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoraqalpog’iston Respublikasi
- 4. O’zbekistonda milliy davlatchilikning rivojlanish tarixi.
- Adabiyotlar ro’yxati
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi Konstitutsiya moddalarida belgilanishi
68-modda. O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat. 69-modda. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o’zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Qoraqalpog’iston Respublikasi 70-modda. Suveren Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog’iston Respublikasining suvereniteti O’zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi. 71-modda. Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z Konstitusiyasiga ega. Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitusiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga zid bo’lishi mumkin emas. 72-modda. O’zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida ham majburiydir. 73-modda. Qoraqalpog’iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o’zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog’iston Respublikasi o’z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi. 74-modda. Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog’iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega. 75-modda. O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasining o’zaro munosabatlari O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi. O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi. 4. O’zbekistonda milliy davlatchilikning rivojlanish tarixi. Kontstitutsiya hamda Respublika Oily kingashining 1991 yil 31 avgustida qabul qilindi ‹‹O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida››gi Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublika (Qaraqalpog’iston Respublikasi uning tarkibiga kiradi) – mustaqil, demokiratik davlatdir. Bunga qadar O’zbekiston daslab RSFSR tarkibiga kirgan Turkiston Avtonom Respublikasining tarkibiy qismi hisoblanar edi. 1924 yil oktiybirda O’rta osiyo va Qozog’istonda o’tkazilgan milliy davlat chegaralanishdan so’ng O’zbekiston SSR tashkil topdi va u sovet sotsialitik Respublikalari Ittfoq tarkibiga kirdi. O’zSSRning birinchi Kontstitutsiyasida O’zbekiston SSRning suveren davlat ekanligin va u vakolatlarining bir qismini, yani ittifoqdosh Respublikalar o’rtasida tuzilgan bitimga binoan SSSRorganlari ixtiyoriga o’tgan qismini Ittifoqqa topshirishi e’lon qilingan edi. Ittifoqqa kirishning dastlabki yillarida ma’lum darajada iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishga erishildi. Milliy davlat tuzilmalaro tarkib topdi, ishlab chiqarishning sanoat bazasi vujudga keltirildi, ta’lim sohasida muntazam tizim yulga qo’yila boshladi. Ayni paytda Ittifoqqdosh boshqa xalqlar bilan do’stlik, yaxshi qo’shnichilik va o’zaro yordam munosabatlari tarkib topa bordi. Biroq, yigirmanchi yillarning oxirida ijtimoiy rivojlanish sohasida buzilishlar boshlandi va bu hol millatlararo munosabatlarga ham zararli ta’sir o’tkazdi. G’oyatda markazlashtirilgan tuzilmani brogan sayin milliy rivojlanish ehtiyojlarini e’tiborga olmay qo’ydi. Idoraviy, o’rtamiyon yondashuvlar ustunlik qilib, hamma sohalarga ta’sir eta boshladi. Umumdavlat manfatlarini himoya qilish bohonasi bilan respublikalarning mustaqilligi cheklana bordi, unitarizm tamoyili avj ola boshladi. 1924 yilgi SSSR Kontstitutsiyasida asos solingan qoida – Ittifoq bilan respublikalar o’rtasida huquqlar doirasini belgilab olish masalasi asta-sekin oz ahamiyatini yo’qota bordi. Respublikalarning suverenteti ko’p hollarda rasmiyachilikka asoslangan edi. Bularning hammasi O’zbekiston uchun feodalizm sarqitlaridan, o’tmishdagi mustamlakachilik qoldiqlaridan xolos bo’lish yo’lidagi ilg’or jarayonlarning to’xtab qolishiga olib keldi. O’zbekistonnning xom ashyo qo’shimchasi sifatidagi rolini yana uzoq yillar saqlanib qolishiga sabab bo’ldi. Yana nazariy bisotidan sobiq Rusiya imperiyasining “Paxta mustaqilligi”ni qo’lga kiritish zarurligiga doir shiori topib olinib, ishga solindi. Paxta yakka hokimligini majburiy ravishda joriy etildi, iqtisodiyotda xom ashyo yetishtirish yo’nalishi qaror topdi. Bu xildagi iqtisodiy siyosat oqibitida yer-suv resurslari kamayib ketdi, Orol bo’yida ekologik falokat ro’y berdi, xalq xo’jaligi majmui haddan tashqari kengayib ketdi, aholining turmush darajasi pasaydi va shunga o’xshash ma’naviy sohalar ham rivojlanmay qoldi. Mustaqillik e’lon qilinishi bilan respublikaning yeri, yer osti boyliklari, booshqa tabiiy resurslar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ma’naviy potensiallari uning milliy boyligiga aylandi. Respublikamiz katta-katta nufuzli xalqaro xamjamiyatlar a’zo bo’ldi. Shulardan O’zbekiston Birlashgan millatlar Tashkilotiga, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga, Xalqaro valyuta fondiga, Ovrupa qayta qurish va taraqqiyot bankiga, Bloklarga qo’shilmaslik harakatiga va boshqa ko’plab nufuzli tashkilotlarga qabul qilindi. O’zbekistoonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritganligi, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlar tarkibiga kirganligi unga mustaqil ravishda siyosat yuritish, davlatlararo munosabatlarning yo’nalishlari va ustuvorligini belgilash imkonini berdi. Adabiyotlar ro’yxati Huquqshunoslik. T., SPIUL. 2002 yil. Islomov Z. Davlat va huquq: umumnazariy masalalari. T. «Adolat» 2000 yil. Xolmo’minov K.T. O’zbekistonda huquqiy davlat kurish. T., 1998 yil. Xolmo’minov K.T. Davlat huquq nazariyasi. T. 1998 yil. Download 27.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling