O’zbekiston respublikasining oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kurs ishi mavzu: banklarda asosiy vositalarni hisobga olinishi, eskirishi va hisob chiqim qilinishi
Asosiy vositalarga o‘tkaziladigan kapital qo‘yilmalar
Download 43.04 Kb.
|
Payziyev Abdukarim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy vositalarni qayta baholash
Asosiy vositalarga o‘tkaziladigan kapital qo‘yilmalar
Asosiy vositalarga o‘tkaziladigan kapital qo‘yilmalar asosiy vositalardan foydalanishdan kelgusidagi iqtisodiy naf oshganda ularning boshlang‘ich qiymatini oshiradi. Kelgusidagi iqtisodiy nafni oshirmaydigan boshqa barcha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrda xarajatlar sifatida tan olinishi lozim. Asosiy vositalarni qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirishga xarajatlar, ular tugatilganidan so‘ng, agar ular natijasida asosiy vositalar ishlatilishining dastlab qabul qilingan me’yoriy ko‘rsatkichlari (foydali xizmat muddati, quvvati, qo‘llash sifati va h.k.) yaxshilansa (oshsa), bunday obyektning boshlang‘ich qiymatini oshiradi. Asosiy vositalarni qayta baholash Asosiy vositalarni qayta baholash — asosiy vositalar qayta tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga muvofiqlashtirish maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati qayta baholanishi mumkin (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan). Asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati qayta baholanganda qayta baholash o‘tkazilgan sanadagi ularning jamlangan amortizatsiyasi asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati o‘zgarishiga mos indekslariga tuzatiladi hamda keyingi hisoblanadigan amortizatsiya qayta baholangan qiymat hisobidan amalga oshiriladi. Asosiy vositalar indeksatsiya yo‘li bilan yoki rasmiy tasdiqlangan bozor narxlari bo‘yicha bevosita qaytadan hisob-kitob qilish orqali qayta baholanadi. Qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosini o‘sishi summasi rezerv kapitali tarkibiga “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotiga olib boriladi. Qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosini pasayishi summasi “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotiga rezerv kapitalining mazkur obyektning avvalgi hisobot davrlarida o‘tkazilgan bahosini o‘sishi summasi doirasida kamayishiga olib boriladi. Obyektning bahosini pasayishi summasi uning bahosini o‘sishi summasidan oshishi boshqa operatsion xarajatlarga olib boriladi. Asosiy vositalarni qayta baholash natijalari moliyaviy hisobotda asosiy vositalarni qayta baholash amalga oshirilgan joriy davrda aks ettiriladi. Hisobot yilining birinchi sanasi holati bo‘yicha o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash natijalari avvalgi hisobot yilidagi moliyaviy hisobot ma’lumotlariga kiritilmaydi, balki hisobot yili boshiga moliyaviy hisobot ma’lumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda o‘tgan yil yakuni va hisobot yili boshidagi ma’lumotlarning mos kelmasligi hisobot yilining birinchi sanasi holati bo‘yicha o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholash natijasi sifatida tushuntiriladi hamda joriy davr moliyaviy hisobotiga tushuntirish xatida bayon etiladi. Download 43.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling