1996-yildan buyon Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-
Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyasi faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunga
qadar ushbu komissiyaning 7 ta majlisi bo‘lib o‘tgan. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi
2022-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 1 260,0 million AQSh dollarini tashkil etdi.
O‘zbekiston-Turkmaniston
munosabatlari
yuqori
darajadagi
ikkitomonlama hamkorlik bilan izohlanadi. Oliy darajada
qabul qilingan bitimlar,
siyosiy, savdo- iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va gumanitar hamkorlikка oid
hujjatlar turli sohalarda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish
uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi izchil o‘sib bormoqda va 2022-yil
yakunlari
bo‘yicha qariyb 926,3 million AQSh dollarini tashkil etdi. Ikki mamlakatning neft
va gaz sohasida yaqindan hamkorlik qilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Tojikiston bilan savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda, mintaqa
barqarorliginini ta’minlashda hamda mintaqa xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar
bilan birgalikda kurashishda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdan
manfaatdordir.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2022-yil yakunlari bo‘yicha 674,4
million
AQSH dollarini tashkil etdi.
Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasini 1992-yil 20-mart kuni
tan olgan. Shu kunning o‘zida ikki mamlakat o’rtasida rasmiy diplomatik aloqalar
o’rnatildi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlik 2004-yil
imzolangan Strategik hamkorlik va 2005-yil
imzolangan Ittifoqdoshlik
munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar asosida rivojlanmoqda.
Rossiya Federatsiyasi bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar
ja’dal sur’at bilan rivojlanmoqda. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo hamkorlari
orasida Rossiya Federatsiyasi birinchi o’rinda turadi. 2022-yil yakunlariga ko’ra ikki
davlat o’rtasidagi tovar ayirboshlash 9 279,7 mlrd. AQSh dollarni tashkil etdi.
Turkiya ham O‘zbekiston Respublikasining
yetakchi tashqi iqtisodiy
sheriklaridan sanaladi. O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama
munosabatlar mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lib, turli sohalardagi hamkorlikni
tartibga soluvchi 142 shartnoma, bitim va boshqa hujjatlardan iborat.
O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2022-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 3 223,9
million AQSh dollarini tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: