5.
O’zbekiston Respublikasining so’ngi yillardagi Tashqi iqtisodiy faoliyati
o’zgarishlari tahlili.
Tashqi savdo aylanmasi. Hukumatning tashqi
iqtisodiy faoliyat borasida
so‘nggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni rag‘batlantirish,
importni
optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta’minlash
maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar 2022 yil
yakuni bilan respublikaning
tashqi savdo aylanmasini (matnda TSA) 50 008,4 mlrd. AQSh dollariga yetishini va
2021 yilga nisbatan 7 837,9 mlrd. AQSh dollariga yoki 18,6 %
ga oshishini
ta’minladi. Ushbu natija mamlakat tarixida eng yuqori ko‘rsatkich
sifatida qayd
etildi. TSAda eksport hajmi 19 309,1 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 15,9 %)
va import hajmi 30 699,3 mlrd. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 20,4 %) yetdi.
Hisobot davrida 11 390,2 mlrd. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi
qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi
va balansi dinamikasi (mlrd. AQSh doll.)
6
3-rasm
6
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDO AYLANMASI 1-bet
O‘zbekiston Respublikasining TSA dinamikasi tahlili 2022 yilda o‘tgan
yilga
nisbatan eksport va import hajmlarini o‘sishini ko‘rsatdi. 2021 yilga nisbatan TSA
11,8 barobarga oshdi va import (12,0 barobar) esa eksportga (11,5 barobar) nisbatan
tezroq o‘sdi.
Do'stlaringiz bilan baham: