O’zbekiston Respublikasining rivojlangan va mdh davlatlari tashqi savdo- iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. Rivojlangan va mdh davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
MUNDARIJA (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi.
O’zbekiston-Janubiy Koreya. Janubiy Koreya bilan hamkorlik ham
O’zbekiston tashqi siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan hisoblanadi. Tarixan qisqa davr mobaynida O’zbekiston va Koreya Respublikasi siyosiy, savdo- sarmoyaviy va madaniy-gumanitar yo’nalishlardagi o’zaro manfaatli hamkorlik bo’yicha salmoqli tajriba to’pladilarki, bu ikki mamlakat o’rtasida kelajakda ham amalga oshiriladigan uzoq muddatli loyihalar uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda strategik hamkorlik tufayli mamlakatimizning ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan yuqori texnologiyalar, investitsiyalar kirib kelmoqda. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekiston va Koreya Respublikasi iqtisodiy va investitsion hamkorligining rivojlanishida sezilarli yutuqlarga erishgan bo’lsada, uning ko’lamini yanada kengaytirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, energetika, to’qimachilik, metallurgiya, elektronika, yuqori texnologiyalar va iqtisodiyotning boshqa sohalarida hamkorlikni yuqori darajaga ko’tarish davlatlarimiz o’rtasidagi istiqbolli aloqalarni rivojlantirish uchun siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy asos bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston va Janubiy Koreya iqtisodiy hamkorligi 2022-yilga kelib o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 340,6 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko’rsatgich O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasida 5-o’rinni egallaydi. O’zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi. O’zbekiston va XXR o’rtasida iqtisodiy sohadagi hamkorlik munosabatlardagi yetkachi yo’nalishlardan hisoblanadi. Iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari bo’yicha jahonda yetakchi mamlakat hisoblanmish Xitoy bilan aloqalarga har doim alohida e’tibor berilgan. Bugungi kunda O’zbekiston va XXR o’zaro strategik hamkor hisoblanib, ayni paytga qadar ikki davlat o’rtasida 120 dan ortiq davlatlararo hamda hukumatlararo shartnoma va bitimlar imzolangan. Bu bitimlar ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarining deyarli barcha jabhalarini, jumladan siyosiy, iqtisodiy, madaniy, harbiy-texnik va boshqa sohalarni qamrab olgan. O’tgan 20 yil mobaynida hamkorlik rivojlanib, yildan-yilga yangicha mazmun kasb etmoqda. “Xitoy bilan O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari tenglik asosida hamkorlik qilish, o’zaro ichki ishlarga aralashmaslik g’oyasiga tayanadi. Mazkur siyosat har ikkala davlatning manfaatlariga har tomonlama mos tushadi”. O’zbekiston tashqi siyosatida iqtisodi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar – Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratadi. Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalariga e’tibor qaratsak, 2022-yilga kelib o’zaro tovar ayirboshlash hajmi Janubiy Koreya bilan 2 340.6 milliard AQSH dollarini, Xitoy bilan esa 8,9 milliard AQSH dollarini tashkil etgani holda kelajakda bu ko’rsatkichlar yanada oshishi kutilmoqda. Mamlakatimizda ko’plab qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatmoqdaki, ular iqtisodimizga yangi texnologiyalarni joriy etishda, aholini ish bilan ta’minlashda va zamon talablariga mos mahsulotlar ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda ko’plab qo’shma korxonalar bunyod etilib ular asosan, savdo, to’qimachilik, yengil sanoat, kimyo va oziq-ovqat sanoat, avtomobilsozlik, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, sayyohlik va boshqa sohalarda faoliyat ko’rsatmoqda. “O’zbekistonda qulay investitsion muhit shakllantirildi, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyot vujudga keltirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayoni izchillik bilan davom ettirilmoqda. Ayni paytda, mamlakatni jahon bilan bog’lovchi kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berilyapti”. Bu kabi imkoniyat Sharqiy Osiyo mamlakatlariga O’zbekiston iqtisodiga katta miqdorda sarmoya kiritishlariga sabab bo’lmoqda. O’zbеkiston Rеspublikasi a’zo bo’lib kirgan eng muхim birlashmalardan biri - Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi (MDH) bo’lib, u 1991 yil dеkabrda tuzilgan. Hozir MDH ga Ozarbayjon Rеspublikasi, Armaniston Rеspublikasi, Bеlorus Rеspublikasi, Qozog’iston Rеspublikasi, Tojikiston Rеspublikasi, Qirg’iziston Rеspublikasi, Moldova Rеspublikasi, Rossiya Fеdеratsiyasi, Turkmaniston Rеspublikasi, O’zbеkiston Rеspublikasi va Ukraina kiradi. O’zbеkiston sobik Ittifoq rеspublikalari bilan aloqalarga katta ahamiyat bеrib, avvalboshdonoq Mustaqil davlatlar hamdo’stligini tuzish g’oyasini qo’llab- quvvatladi. Bunday hamkorlikka hamdo’stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan bog’langanligi emas, balki chuqur tariхiy, madaniy va ma’naviy aloqalar, katta tariхiy davr mobaynida хalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo’lmoqda. Hamdo’stlik maqsadlari quyidagilar: • dеmokratik huquqiy davlatlar tuzish, ular o’rtasidagi munosabatlar davlat mustaqilligini va suvеrеn tеnglikni o’zaro tan olish va hurmatlash, o’z taqdirini o’zi bеlgilash huquqi, tеng huquqlilik va ichki ishlarga aralashmaslik, har qanday tazyiqlardan voz kеchish, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, inson huquqlari va erkinliklarini, shu jumladan kichik millatlar huquqlarini hurmat qilish, majburiyatlarini va boshqa umum tan olingan хalqaro huquq tamoyillari va normalarini halol bajarish asosida rivojlanadi; • bir-birlarini hududiy butunligini va mavjud chеgaralar buzilmasligini tan olish va hurmat qilish; • chuqur tariхiy ildizlarga ega bo’lgan хalqlarning tub manfaatlarini hamda qo’shnichilik va o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash; • fuqarolararo va millatlararo totuvlikni saqlash. Ayni vaqtda O’zbеkiston Rеspublikasining MDHga a’zoligi unga bir qator muhim vazifalarni millat, iqtisodiyot manfaatlariga muvofiq hal etish imkonini bеradi: - ishlab chiqarishni, aholi ta’minotini (avvalo oziq-ovqat bilan) qo’llab- quvvatlashni ta’minlovchi ko’lamda koopеrativ хo’jalik aloqalarini rivojlantirish va takomillashtirish; - MDHning bir qator tovarlarini bozorda, ayniqsa an’anaviy mahsulotlarni sotish sohasida yetakchi mavqеni saqlash; - sobiq ittifoqchi rеspublikalar ega bo’lgan хom-ashyo rеsurslaridan foydalanish; - O’zbеkistonning uchinchi mamlakatlarga eksport-import tovar oqimiga хizmat ko’rsatuvchi transport kommunikatsiyalaridan kafolatli va хatarsiz foydalanish. O‘zbekiston Respublikasining MDH Davlatlari bilan hamkorigi O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Qozog‘iston O‘zbekistonning muhim savdo sheriklaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi bilan O‘rta Osiyo davlatlari o‘rtasida ayirbosh qilinadigan mahsulotlarning sezilarli qismi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zaro tovar aylanmasi hajmi 2022-yil yakunlari bo‘yicha qariyb 8 526,0 million AQSh dollarini tashkil etdi. Shunga qaramasdan, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan ko‘pgina imkoniyatlar mavjud. Qozog‘iston bilan ikki tomonlama hamkorlik, shubhasiz, mintaqada barqarorlikni ta’minlash va dolzarb masalalarni birgalikda va samarali hal etishga xizmat qiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling