Oʻzbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi
Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida
Download 31.24 Kb.
|
sud huquq tizimi
Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun asosida qat’iy davom ettiriladi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati barcha yoshlarimiz intiladigan, ularning qobiliyat va iqtidorini roʻyobga chiqaradigan va manfaatlarini haqiqiy himoya qiladigan tashkilotga aylanishi uchun barcha choralarni koʻramiz. Aziz doʻstlar! Barchamizga yaхshi ayonki, inson manfaatlarini yurt tinchligi, jamiyatimizdagi oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitidan ajratgan holda tasavvur etolmaymiz. Bularning barchasi bizning bebaho boyligimiz va uni koʻz qorachigʻidek saqlash har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu borada mahalla idoralari, хotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlarining oʻrni va rolini yanada kuchaytirish e’tiborimiz markazida boʻladi. Ayni vaqtda hozirgi murakkab zamon tinch-osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlash, хalqimizning kafolatlangan хavfsizligini ta’minlash masalasini yanada dolzarb qilib qoʻymoqda. Shu maqsadda biz hozirgi vaqtda Ichki ishlar vazirligi tizimini tubdan oʻzgartirish chora-tadbirlarini koʻryapmiz. Oʻz paytida muhtaram Yurtboshimiz ichki ishlar organlarining eng quyi tizimida profilaktika inspektorlarini tashkil qilgan edilar. Ammo bugun bu inspektorlar profilaktika, ya’ni jinoyatlarning oldini olish bilan shugʻullanmayapti, aksincha, sodir boʻlgan jinoyatlarni roʻyхatga olish, yuqori idoralarga hisobot yozish bilan band. Shu sababli bu masalaga qarashimizni tubdan oʻzgartirib, mahalladagi uchastka nozirlariga samarali faoliyat koʻrsatishi uchun barcha zarur ish va turmush sharoitlarini yaratib beramiz. Shuningdek, har bir tuman hokimi va tuman ichki ishlar boʻlimlari rahbarlarining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi. Bu rahbarlarning asosiy vazifasi mahallada uchastka inspektorlari bilan ishlashni tashkil etishdan iboratdir. Hurmatli majlis ishtirokchilari! Mamlakatimizda inson manfaatlari bilan bogʻliq masalalarni hal etishda bizning saylovoldi dasturimizdan joy olgan, hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan maqsadli dasturlar muhim oʻrin tutadi. Bu dasturlar odamlarning turmush darajasi va sifatini yanada oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Shu maqsadda mamlakatimiz Hukumati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan birgalikda va jamoat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar ishtirokida 2017-2021 yillarda Oʻzbekistonni yanada rivojlantirish boʻyicha Download 31.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling