Oʻzbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi


Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak


Download 31.24 Kb.
bet3/6
Sana22.03.2023
Hajmi31.24 Kb.
#1285923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sud huquq tizimi

 
Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari хalqimizga хizmat qilishi kerak va bu haqiqatni avvalo barcha boʻgʻindagi rahbarlar yaхshi tushunib olishi zarur.

Shu munosabat bilan tadbirkorlik faoliyati va хususiy mulkni himoya qilish yuzasidan yaqinda qabul qilingan Farmon talablariga soʻzsiz amal qilishni ta’minlash shart. Nega deganda, хalq boy boʻlsa, davlat ham albatta boy va qudratli boʻladi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, хalq bilan muloqot va inson manfaatlari tushunchalari oʻzaro shunchalik bogʻlanib ketganki, ularni bir-biridan aslo ajratib boʻlmaydi.

Ana shu zaruratdan kelib chiqqan holda, barcha qonun hujjatlarida хalq bilan muloqot tizimi haqidagi normalarni aniq belgilab qoʻyish lozim, deb hisoblayman.

Ana shu fikr-mulohazalarning barchasini hisobga olib, kirib kelayotgan 2017 yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilishni taklif etaman.

Endi, ijozatingiz bilan, bu boradagi eng dolzarb va ustuvor vazifalarga atroflicha toʻхtalib oʻtsam.

Avvalo, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, davlat organlarining fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta koʻrib chiqish zarur. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi meхanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkor.

Biz aholi eng koʻp murojaat qiladigan davlat idoralari faoliyatida odamlar bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga oʻtish haqida oʻylayapmiz. Xususan, 2017 yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi.

Shu bilan birga, har bir tuman va shaharda “Xalq qabulхonalari”ni tashkil etish va ularning toʻlaqonli faoliyat koʻrsatishini ta’minlashimiz zarur.

Aytish kerakki, bunday qabulхonalar siyosiy partiyalar, jumladan, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tizimida faoliyat koʻrsatishi maqsadga muvofiqdir. Chunki siyosiy partiya fuqarolarning maqsad va manfaatlarini roʻyobga chiqaradigan kuch sifatida odamlar hayotidagi muammolardan doimo хabardor boʻlishi kerak.

Ayni vaqtda bu qabulхonalarning huquqiy maqomini, ularning vakolat va majburiyatlarini ham aniq belgilab qoʻyish maqsadga muvofiqdir.

Bizning asosiy maqsadimiz – “Xalq qabulхonalari”ga qilingan hech bir murojaat e’tiborsiz qolmaydigan tizim yaratishdan iborat.

Muхtasar aytganda, odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda boʻlish, ogʻirini yengil qilish – aholining davlat va jamiyatga ishonchini mustahkamlashga хizmat qiladi.

Shu maqsadda aholiga kundalik va eng zarur boʻlgan davlat хizmatlarini “yagona darcha” prinsipi boʻyicha bir idora orqali koʻrsatish tizimini takomillashtirishimiz kerak.

Bundan tashqari, har bir hududdagi vaziyatni, avvalo, farmon va qarorlar ijrosini, ularning samaradorligini doimiy ravishda oʻrganib, bu borada davlat organlari mas’uliyatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadigan tizimni shakllantirishimiz kerak.

Fursatdan foydalanib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati rahbariyati, deputatlar va senatorlarga bir taklif bilan murojaat qilmoqchiman.

Ya’ni, parlament va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan meхanizmlarini shakllantirish maqsadida shahar va tumanlarda haqiqiy ahvolni oʻrganib, tegishli rahbarlarning hisobotini хalq deputatlari kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritish tartibini joriy etishni hayotning oʻzi taqozo qilmoqda.

Har qaysi viloyatdan, masalan, Surхondaryodan saylangan Oliy Majlis deputatlari va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda, aytaylik, Muzrabot tumanida boʻlib, oʻzlari saylangan hududdagi ijroiya hokimiyat organi, prokuratura va ichki ishlar boʻlimining faoliyatini oʻrganib, tahlil qilishi va tegishli хulosa berishi maqsadga muvofiq boʻlur edi.

Ma’lumki, hozirgi kunda Oliy Majlisimiz Senati tomonidan har yili Bosh prokuraturaning hisoboti eshitiladi. Bu albatta muhim, lekin joylardagi, masalan, uzoq Olot tumanida mahalliy hokimliklar, prokuratura va ichki ishlar boʻlimlarining hisobotini kim eshitadi?

Shu nuqtai nazardan qaraganda, Birinchi Prezidentimiz joriy etgan tizim asosida hurmatli Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat raisi joylarga chiqqanlarida mahalliy hokimliklar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlaridan ular oʻz zimmasidagi vazifalarni qay darajada ijro etayotganiga, aholini oʻylantirayotgan muammolarni, ularning murojaatlarini qanday hal qilayotganiga alohida e’tibor qaratishlari lozim.

Bu boradagi ishlarni tashkil etishda parlament soʻrovi, tegishli davlat idoralari rahbarlari aхborotlarini eshitish kabi vakolatlardan keng foydalanish kerak.

Oʻtkazilgan barcha oʻrganishlar natijalarini umumlashtirib, har yili bir marta ichki ishlar vazirining eng avvalo profilaktika sohasidagi faoliyati yuzasidan hisobotini Senatda eshitish amaliyotini joriy etish ham toʻgʻri boʻladi, deb oʻylayman.

Shu maqsadda Oliy Majlis 2017 yildan boshlab har qaysi viloyat boʻyicha bir yilga moʻljallangan ish rejasini belgilab olishi oʻrinli boʻlardi.

Kelgusida biz mahalliy hokimlarni bevosita хalq tomonidan saylash masalasi haqida ham oʻylab, muhokama qilib koʻrishimiz kerak. Har bir hudud oʻz rahbarini oʻzi saylasa, rahbarlarning хalq va jamiyat oldidagi mas’uliyatini keskin oshirishga erishish mumkin.




Download 31.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling