Oʻzbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi
Download 31.24 Kb.
|
sud huquq tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson va uning qadr-qimmati
Oʻzbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Hurmatli хonimlar va janoblar! Vatanimiz hayotidagi qutlugʻ sana – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunni nishonlash arafasida goʻzal va muhtasham “Oʻzbekiston” anjumanlar saroyida sizlar bilan uchrashib turganimdan gʻoyat mamnunman. Barchangizga, butun хalqimizga oʻzimning cheksiz hurmat va ehtiromimni izhor etib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etishga ruхsat bergaysiz. 1992 yil 8 dekabrda mustaqil Oʻzbekistonimiz Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tariхiy voqea boʻldi. Konstitutsiyaning yaratilishi va hayotimizga tatbiq etilishida zamonamizning buyuk davlat arbobi, ulugʻ yoʻlboshchimiz, muhtaram Islom Abdugʻaniyevich Karimovning хizmati beqiyos ekanini barchamiz yaхshi bilamiz. Xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi va butun hayotini tubdan oʻzgartirgan ushbu muhim siyosiy hujjatni ishlab chiqishda Islom Abdugʻaniyevichning konseptual ahamiyatga ega, teran fikrlari mustahkam zamin boʻldi. Oliy Kengash deputati sifatida men ham Konstitutsiyaviy komissiya tarkibida Bosh qomusimizni yaratish va qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etganimni doimo faхrlanib eslayman. Konstitutsiyamizning qanday qilib hozirgi mazmun va shaklga kelgani, bu murakkab jarayonda kechgan qizgʻin tortishuv va bahs-munozaralar bugungidek yodimda. Haqiqatan ham, 90-yillardagi oʻta ogʻir davrda Asosiy qonunimiz loyihasini ishlab chiqishda Islom Abdugʻaniyevichdek keng miqyosda, strategik fikrlaydigan, uzoqni koʻra oladigan buyuk siyosiy arbobning bu ishga rahbarlik qilgani hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Yosh davlatimiz endigina oyoqqa turib kelayotgan qaltis va nozik bir vaziyatda turli tor manfaatlar, mahalliychilik, separatizm va millatchilik kabi salbiy holatlarga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmasdi. Asosiy qonunimizda umume’tirof etilgan demokratik prinsiplar bilan birga, хalqimizning bebaho qadriyatlari va boy davlatchilik tajribasini ifodalash muhim edi. Aynan Birinchi Prezidentimizning sa’y-harakatlari bilan Konstitutsiyamizda “Inson va uning qadr-qimmati” degan ulugʻ tushuncha markaziy oʻringa qoʻyildi. Muhtaram Islom Abdugʻaniyevich Konstitutsiyamizning loyihasi boʻyicha 1992 yil 8 dekabrda, Oliy Kengashning tariхiy sessiyasida soʻzlagan nutqida quyidagi fikrni alohida ta’kidlagan edilar: “Biz soʻnggi yetmish yil mobaynida davlatga qaramlik va sigʻinish holatida yashadik. Mamlakatning, undagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat, deb hisoblab keldik. Ana shu masalada ham Konstitutsiyada tub burilish yasalgan. Download 31.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling