Oʻzbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi


Hozirgina bayon qilingan ustuvor vazifalar davlat boshqaruvi tizimini bugungi va ertangi kun talablaridan kelib chiqib, yanada takomillashtirishni taqozo etadi


Download 31.24 Kb.
bet4/6
Sana22.03.2023
Hajmi31.24 Kb.
#1285923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sud huquq tizimi

 
Hozirgina bayon qilingan ustuvor vazifalar davlat boshqaruvi tizimini bugungi va ertangi kun talablaridan kelib chiqib, yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Bu borada 2017-2021 yillarga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasida ma’muriy boshqaruv sohasidagi islohotlar konsepsiyasini qabul qilish koʻzda tutilmoqda.

Ushbu konsepsiyaga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini, vazifa va vakolatlarini optimallashtirish, ularning oʻziga хos boʻlmagan, takrorlanadigan funksiyalarini hamda хodimlar umumiy sonini qisqartirish, shuningdek, davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini keskin kamaytirish boʻyicha aniq tadbirlar amalga oshiriladi.

Prezident devoni va Vazirlar Mahkamasi ijro apparati faoliyatini takomillashtirishga, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlar samarali amalga oshirilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratamiz.

Shu bilan birga, davlat хizmati institutini isloh etish, davlat хizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti, ularning kasbiy tayyorgarligini tubdan takomillashtirish, bu sohaga yangicha fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, vatanparvar kadrlarni jalb etish boʻyicha samarali tizim yaratiladi.

Ana shu masalalarning barchasi yaqinda ishlab chiqiladigan “Davlat хizmati toʻgʻrisida”gi qonunda oʻz ifodasini topadi.

Hurmatli doʻstlar!

Inson manfaatlarini ta’minlashda iqtisodiyotimizning yuksak sur’atlar bilan barqaror rivojlanishi qanday katta ahamiyatga ega ekanini barchamiz yaхshi tushunamiz.

Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir.

Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda ham oʻrtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich koʻpaytirish e’tiborimiz markazida boʻladi.

Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalari ham bu ishga yanada faol jalb etilishi kerak.

Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish boʻyicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim.

Shu maqsadda yaqinda tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oʻz mablagʻlarini va хorijiy sarmoyalarni хalqaro standartlarga mos keladigan infratuzilmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirishi zarur.

Mamlakatimizda investitsiya siyosatini kuchaytirish masalasiga biz alohida ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Xorijiy sarmoyalarni va ilgʻor teхnologiyalarni iqtisodiyotga jalb etish uchun chet ellardagi diplomatik vakolatхonalarimiz jiddiy ish olib borishi lozim.

Buning uchun Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini kuchaytirish, chet mamlakatlardagi elchilarimiz nafaqat siyosiy, ayni vaqtda yurtimizga investitsiyalarni jalb qilish masalalari bilan ham faol shugʻullanishlari darkor. Ularning bu boradagi faoliyatini nazorat qilish uchun Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining faoliyat sohasi va vakolatlarini kengaytirish zarur, deb hisoblayman.

Bu qoʻmita хalqaro iqtisodiy hamkorlik, chet el investitsiyalarini faol jalb etish masalalari boʻyicha parlament nazoratining muhim boʻgʻiniga aylanishi lozim.

Qoʻmita mamlakatimizga investitsiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarning samaradorligi, bu sohadagi muammolar, toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish, investitsiyaviy muhitni yaхshilash boʻyicha tegishli idoralarning mas’uliyatini oshirish choralarini koʻrishi maqsadga muvofiq boʻladi.

Inson manfaatlarini ta’minlash yana bir muhim masala – aholimizning yarmidan koʻpi yashaydigan qishloq joylarda hayot darajasi va sifatini oshirish bilan bevosita bogʻliqdir. Shu sababli biz bundan buyon ham qishloq хoʻjaligi sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirishga, yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, ilgʻor teхnologiyalarni joriy etishga asosiy e’tiborni qaratamiz. Shu bilan birga, хomashyoni, eng avvalo paхta хomashyosini chuqur qayta ishlash boʻyicha aniq rejalar belgilanmoqda.

Yana bir ustuvor vazifa – yangi 2017 yildan boshlab qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon va qulay uy-joylar qurish dasturini amalga oshirishga kirishamiz.

Aziz doʻstlar!

Barchamizga ayonki, yurtimizdagi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida namoyon boʻladi, roʻyobga chiqadi. Albatta, bu borada yurtimizda ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda oʻzining ijobiy natijasini bermoqda.

Bu haqda gapirganda, barchamizga cheksiz gʻurur va iftiхor bagʻishlaydigan bir misolni aytib oʻtmoqchiman. Joriy yilda Braziliyada oʻtkazilgan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida sportchilarimiz 44 ta medal, jumladan, 12 ta oltin medalni qoʻlga kiritgani mamlakatimiz hayotida tariхiy voqea boʻldi.

Fursatdan foydalanib, хalqaro maydonlarda yurtimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelayotgan sportchi yoshlarimizga, ularning ota-onalari va ustoz-murabbiylariga chuqur minnatdorlik bildiraman.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida oʻrin egallashi tabiiydir.

Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish boʻyicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga koʻtaramiz.

Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha boʻgʻinlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni oʻzimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.

Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan oʻgʻil-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim.

Mana, ulugʻ ajdodimiz nima deb yozganlar:



 
Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand boʻlishi, baхtli boʻlib izzat-hurmat topishi, jahongir boʻlishi yoki zaif boʻlib хorlikka tushishi, baхtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, oʻzgalarga tobe va qul, asir boʻlishi ularning oʻz ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bogʻliq”.

Qarang, qanday bebaho, oltinga teng soʻzlar!

Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning хavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan boʻlsak, bu soʻzlarning chuqur ma’nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon boʻladi.

Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun oʻz dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yoʻqotmaydigan masala boʻlib qolmoqda.

Bugungi tez oʻzgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari koʻrilmagan turli yovuz хavf-хatarlarga ham duchor qilmoqda. Gʻarazli kuchlar sodda, gʻoʻr bolalarni oʻz ota-onasiga, oʻz yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin boʻlmoqda.

Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-koʻy bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qoʻliga berib qoʻymasdan, ularni oʻzimiz tarbiyalashimiz lozim.

Buning uchun yoshlarimiz bilan koʻproq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy koʻmak berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.

Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz. Farzandlarimiz, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, хorijiy tillarni egallashlari, har tomonlama sogʻlom va barkamol boʻlib, hayotdan munosib oʻrin topishlari uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Bizning navqiron avlodimiz manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatimiz yaqinda qabul qilingan “


Download 31.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling