O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi
-modda. Qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari
Download 0.69 Mb.
|
Soliq kodeksi 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nukus shahri va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar boshqa shaharlar
383-modda. Qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliq stavkalari
Oldingi tahrirga qarang. Soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarda to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
(383-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Soliq to‘lovchi: bir nechta faoliyat turi bilan shug‘ullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi, faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shug‘ullanganida esa, ushbu aholi punktlari uchun o‘rnatilgan yuqori stavkada soliq to‘lanadi; tadbirkorlik faoliyatini ijaraga olingan uskunalarda va binoda amalga oshirgan taqdirda, yashash joyidagi soliq organiga ijaraga beruvchi to‘g‘risida ma’lumotnoma (axborot) taqdim etishga majbur; I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblanganida faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qat’i nazar, oyiga qat’iy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘laydi; “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan va hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganida qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘lashdan ozod etiladi; bolalar o‘yin avtomatlari bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatsa, har bir jihozlangan joy (birlik) uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni to‘laydi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi birinchi qismida belgilangan stavkada soliq solinadi. Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdordagi soliq summalariga faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlariga, shuningdek faoliyat amalga oshiriladigan turlarining mavsumiyligi qarab 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli. (383-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling