O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi


Download 0.69 Mb.
bet320/356
Sana13.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1352190
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   356
Bog'liq
Soliq kodeksi 2023

445-modda. Soliq stavkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari mutlaq miqdorda bir kub metr uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlari

1 kub. metr uchun soliq stavkasi
(so‘mda)

er usti suv resurslari manbalari

yer osti suv resurslari manbalari

1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2 va 3-bandlarda ko‘rsatilganlari mustasno), shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar

265

320

2.

Sanoat korxonalari

570

680

3.

Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari

90

110

4.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni yetishtirish (o‘stirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon ho‘jaliklari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar

45

45

5.

Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi

2 410

2 410

6.

Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi

30 500

30 500













(445-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan soliq stavkasi 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda, suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanadigan, foydalanilgan suv hajmiga qo‘llaniladi.
(445-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda, shuningdek avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling