O‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi
XVIII BO‘LIM. ER QA’RIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ
Download 0.69 Mb.
|
Soliq kodeksi 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- 450-modda. Soliq solish obyekti
XVIII BO‘LIM.
ER QA’RIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ 64-bob. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash 449-modda. Soliq to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi hududida yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni (bundan buyon ushbu bo‘limda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi. Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar bo‘lmaydi. 450-modda. Soliq solish obyekti Oldingi tahrirga qarang. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyekti quyidagilardir: agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi; qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi. (450-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi qazib olish (ajratib olish), birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik sikli doirasida yuzaga keladigan texnologik yo‘qotishlar hajmini chegirgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida, bunday normalar mavjud bo‘lmaganda esa — soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlanadi. (450-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) va foydali qazilmalarga birlamchi ishlov berishning (ularni qayta ishlashning) texnologik sikli doirasidagi yo‘qotishlar texnologik yo‘qotishlar deb e’tirof etiladi, xususan: Oldingi tahrirga qarang. foydali qazilmalarni qazib olish chog‘idagi yo‘qotishlar (bundan normadan ortiq yo‘qotishlar mustasno), shu jumladan ularning qoldiqlari (ajratib olib bo‘lmaydigan zaxiralari); (450-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) uglevodorodlarni dastlabki sanoat maqsadida qayta ishlash chog‘idagi yo‘qotishlar; qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik sikl doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi. Soliq solish obyekti foydali qazilmaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lmaydi: soliq to‘lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda shaxsiy xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan, keng tarqalgan foydali qazilmalar. Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati qonunchilikda belgilanadi; qonunchilikda belgilangan tartibda daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar, bundan realizatsiya qilingan foydali qazilmaning hajmi mustasno. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 25-moddasi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling